
Rossiya terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlayotgan Nikolay Pisarov milliy jamoaning kengaytirilgan ro'yxatiga nega 35 nafargacha futbolchi kiritilishi borasidagi savolga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, murabbiylar shtabi o'rtoqlik uchrashuvlarida ham futbolchilarning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaydi: hatto kichik jarohat alomatlari sezilsa ham, o'yinchilar asrab qolinadi.
«Har safar ma'lum miqdordagi futbolchilar turli sabablar bilan ro'yxatdan chiqib qoladi. Natijada ro'yxat bir xalqaro oynada o'tkaziladigan ikki uchrashuv uchun yetarli tarkibgacha qisqaradi», — deya Pisarovning so'zlarini keltiradi «Chempionat».
Rossiya terma jamoasining navbatdagi nazorat o'yinlari 2026 yil mart oyida bo'lib o'tishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.