date

Glasner hujum yakunida aniqlik yetishmayotganini tan oldi

Glasner hujum yakunida aniqlik yetishmayotganini tan oldi

«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasner «Tottenhem»ga qarshi o‘yindagi minimal mag‘lubiyatdan (0:1) keyin jamoasining hujumlarni yakunlashdagi muammolari haqida fikr bildirdi. Angliya chempionatining 18-tur uchrashuvida londonliklar birgina gol bilan ustun keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Glasnerning aytishicha, u gol ura olmagan futbolchilarni ayblash niyatida emas, biroq hozir jamoada yakuniy zarbalar sifatida kichik, ammo sezilarli kamchilik borligini tan olish kerak. Murabbiy, shuningdek, Sarr, Munyos va Kamaduning gollarda tez-tez ishtirok etishini eslatib, ularning hissasini to‘liq qoplash hozircha oson bo‘lmayotganini ta’kidladi.

Mutaxassis jamoaning o‘yin tuzilmasi va yaratilayotgan vaziyatlar uni qoniqtirayotganini, sxemalar ishlayotganini qayd etdi. Endi esa futbolchilarga ishonchni qaytarish, ko‘proq gol ura olishlariga ruhiy tayanch berish zarurligini aytdi.

Glasnerning asosiy xulosasi shunday: jamoa darvozaga yaqinlashgan sari qaror qabul qilishda shoshqaloqlik kuchayadi va asabiylik ortadi.

18-turdan so‘ng «Kristal Pelas» 26 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda, «Tottenhem» esa 25 ochko bilan 11-pog‘onada joylashgan.

Avvalroq uchrashuv yuzasidan «shporlar» bosh murabbiyi Tomas Frank ham izoh bergandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Glasner hujum yakunida aniqlik yetishmayotganini tan oldi