
«Bayer»ning sobiq hujumchisi Dmitriy Bulykin Xabi Alonso «Real» bosh murabbiyi sifatidagi ishiga munosabat bildirdi. U o‘z fikrlarini «Evro-Futbol.Ru» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bulykinning ta’kidlashicha, Alonsoning Madriddagi kelajagi avvalo natijalarga bog‘liq. U Alonso «Bayer»da ishlagan davrni eslatib, murabbiy Bundesligada rekordlar o‘rnatgani, Leverkuzenni chempion qilgani va shu sabab u yerda haqiqiy milliy qahramonga aylanganini qayd etdi.
Shu bilan birga, Bulykin Alonsoni oldinda boshqa sinovlar kutayotganini ham urg‘uladi: Ispaniya chempionati boshqa muhit, eng muhimi esa yulduz futbolchilar bilan ishlash qanchalik muvaffaqiyatli kechishiga bog‘liq. «Eng asosiysi — natija», dedi u.
Hozirda Xabi Alonso boshqaruvidagi «Real» La Liga jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. 18 turdan so‘ng «qaymoqranglilar» 42 ochko jamg‘argan, peshqadam «Barselona»dan ortda qolish 4 ochkoni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.