date

Olimpiada chempioni Stepanova Safonovni Ovechkinga qiyosladi

Olimpiada chempioni Stepanova Safonovni Ovechkinga qiyosladi

Chang'i sporti bo'yicha Olimpiada chempioni Veronika Stepanova "PSJ" darvozaboni Matvey Safonov haqida iliq fikr bildirdi. Uning aytishicha, parijliklar golkiperini hozirdanoq "Vashington Kepitalz" hujumchisi Aleksandr Ovechkin bilan qiyoslash mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Sportchi mamlakat miqyosida qanchalik foyda keltiryapti, shundan kelib chiqib baholash kerak. Natijalari bo'yicha Safonovni Aleksandr Ovechkinga tenglashtirish mumkin", — deya Stepanovaning so'zlarini keltiradi "Match TV".

Stepanova bu fikrini shunday izohladi: Safonov ham, Ovechkin ham o'z yutuqlari bilan bolalarning sportga qiziqishini oshirdi, yoshlar ko'proq mashg'ulotlarga kirisha boshladi.

Eslatib o'tamiz, joriy yil bahorida Ovechkin NHL muntazam chempionatlaridagi gollar bo'yicha afsonaviy kanadalik Ueyn Gretskining rekordini yangilagandi. Matvey Safonov esa dekabr oyida "PSJ"ga Qit'alararo kubokni yutishda yordam berdi va tarixda birinchi bo'lib, o'yindan keyingi penaltilar seriyasida ketma-ket to'rtta zarbani qaytargan darvozabonga aylandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Olimpiada chempioni Stepanova Safonovni Ovechkinga qiyosladi