
Angliya Premyer-ligasida «Aston Villa» hozircha 3-o‘rinda bormoqda va peshqadamdan bor-yo‘g‘i uch ochko ortda. Jamoa bosh murabbiyi Unai Emery matbuot anjumanida chempionlik poygasi borasidagi savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, jamoa ikki yil avval ham mavsumning birinchi yarmida 39 ochko jamg‘argan, hozir ham xuddi shuncha ochkoga ega. O‘shanda 19-turdan keyin 39 ochko bilan yakunda 4-o‘rinni olishganini eslatgan Emery dekabr oyida titul haqida gapirishni mantiqsiz deb hisoblashini aytdi.
«Arsenal» bilan bo‘ladigan bevosita uchrashuv oldidan uch ochkolik farq jamoa uchun asosiy motivatsiya ekanini qayd etgan murabbiy, 38 tur yakunidan keyingi natija haqida hozirdanoq o‘ylash hozirgi lahzadan zavqlanishga xalaqit berishini qo‘shimcha qildi.
«Arsenal» va «Aston Villa» o‘yini seshanba, 30 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.