
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski mavsum yakunlangach jamoani tark etishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Polyak futbolchining amaldagi shartnomasi yarim yildan so‘ng yakunlanadi, hozircha uni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar boshlanmagan. Avvalroq 37 yoshli forvardga AQSHning “Chikago Fayr” klubi jiddiy qiziqayotgani, jamoa vakillari futbolchining agenti bilan uchrashib ulgurgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, kurashdan Turkiyaning “Fenerbahche” klubi ham chiqqani yo‘q. Shuningdek, Levandovskiga Saudiya Arabistoni chempionati klublari tomonidan ham qiziqish bor.
Levandovskining o‘zi esa yaqinda bergan intervyusida keyingi mavsumda qayerda o‘ynashini hali tasavvur qila olmasligini aytgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.