date

Arshavin Dzuba va Kerzhakovni terma jamoaga chaqirish kerak dedi

Arshavin Dzuba va Kerzhakovni terma jamoaga chaqirish kerak dedi

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi sobiq hujumchisi Andrey Arshavin FIFA Germaniyaga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvdagi gol muallifligini qayta ko‘rib, uni Aleksandr Kerzhakov nomiga yozib qo‘yganiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Arshavinning ta’kidlashicha, u baribir o‘sha vaziyatda to‘pni aynan o‘zi kiritgan deb hisoblaydi. «UEFA yoki FIFA qanday qaror chiqargani — ularning ishi. Aftidan, Kerzhani ham, Dzyubani ham terma jamoaga chaqirishga to‘g‘ri keladi, hattoki ikkalasini bir o‘yinda birga tushirish ham mumkin», — dedi u Fonbet’ning YouTube kanalida.

Agar Rossiya futbol ittifoqi golni Kerzhakov nomiga rasmiylashtirsa, Aleksandr terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar Artyom Dzyuba bilan tenglashadi. Shunda har ikki hujumchining milliy jamoa safidagi gollari soni 31 tadan bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arshavin Dzuba va Kerzhakovni terma jamoaga chaqirish kerak dedi