Andres Inyesta: «Barselona»ning muvaffaqiyatsizligi sabablarini bilmayman

Andres Inyesta: «Barselona»ning muvaffaqiyatsizligi sabablarini bilmayman
Andres Inesta: «Barselona»ning muvaffaqiyatsizligi sabablarini bilmayman

“Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Andres Inyesta “PSJ”ga qarshi (0:4) EChL nimchorak final ilk o‘yinidan keyin o‘z fikrlarini aytib o‘tdi, deb yozadi Uff.uz sayti.

“Xatolar kechirilmaydi, biz omadsizlikka yo‘liqdik. O‘yin yakuniga ko‘ra faqat salbiy natijalar haqida ayta olaman, ijobiy o‘yin ko‘rsata olmadik. Raqib “Barselona”dan ancha ustun bo‘ldi. Buning sabablarini bilmayman. Javob o‘yinida bor kuchimizni berishimiz kerak”, – dedi Inyesta.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va “PSJ” o‘rtasidagi javob uchrashuvi 8 mart kuni “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar