
Yakshanba kuni Globe Soccer Award marosimi bo'lib o'tdi. "Eng yaxshi murabbiy" yo'nalishida g'oliblik PSJ bosh murabbiyi Luis Enrikega nasib etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu e'tirof kutilmagan holat bo'lmadi: PSJ 2025 yilgi natijalari bilan ajralib turdi. Parij klubi bir yil davomida jami olti sovrinni qo'lga kiritdi — Fransiya chempionati, Fransiya kubogi, Fransiya superkubogi, Chempionlar ligasi, UEFA superkubogi va Qit'alararo kubok.
Ta'kidlash joiz, PSJ safida rossiyalik darvozabon Matvey Safonov ham ushbu g'alabalarga sherik bo'ldi.
PSJning navbatdagi uchrashuvi 4 yanvar, yakshanba kuni Fransiya chempionatida bo'lib o'tadi. Luis Enrike shogirdlari bu kuni "Parij" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.