Jurnalist Bobur Akmalov Oriat Dono radiosi efiri orqali o‘zbek futbol jamoalarining qit’a miqyosidagi mag‘lubiyatlarini qattiq tanqid ostiga oldi, deb yozadi Kun.uz.
“OFK Osiyo Chempionlar Ligasi uchun bizga to‘rtta o‘rin berib, bizning futbolni keragidan ortiqcha baholab yuborgan ekan, – ta’kidlaydi sharhlovchi. – Buni endi bildik. Bizga yarimta yo‘llanma berilishi kerak. Ha, yarimta. Ana shu yarimta yo‘llanma uchun eng kuchli deb sanalgan klublarimiz jon olib, jon berib kurashishlari lozim. Kurashlarda toblangach, Osiyo Chempionlar Ligasiga munosib bo‘lib yagona jamoamiz chiqishi kerak”.
Bundan tashqari, u arablarning “nayranglari”, simulyasiya qo‘llashini, maydonda yotib olishini ro‘kach qilib, mag‘lubiyatini xaspo‘shlashga harakat qiladigan futbol mutasaddilarini tanqidga oldi: “Bulardan har qancha norozi bo‘lsak-da, o‘yin bobida ular bizdan ustun ekanliklarini ko‘rsatdilar”.
Hissiyotlarga berilgan jurnalist tanqidni yanada keskinlashtirib, “futbolchilarni futbolchi deb atashga til bormaydi”, – deb ta’kidladi.
“Shunchalik ham passiv, qiyshiq, ma’nisiz harakatlar qilgan futbolchilarni bu yil birinchi marta ko‘rayapmiz, – qo‘shimcha qildi u. – Stadionga muxlislar kam tushishidan nolib o‘tiribmiz. Ha endi bunday o‘yinlardan keyin kim ham tushardi stadionga? O‘ynayveringlar, o‘zingiz uchun, to‘rtta mutaxassis, besh-olti qarindoshingiz, o‘zingiz va murabbiyingiz uchun o‘ynang futbolingizni. Bizga siz o‘ynaydigan futbolning umuman keragi yo‘q. Bilganingizni qiling. Bu gap Osiyo Chempionlar Ligasida qatnashgan har to‘rtta klubga tegishli. Pishirib eng bunday besamar futbolingizni, janoblar. O‘zbek futbolining sha’niga dog‘ tushirishingiz jonga tegdi”.
Shuningdek, Akmalov tanqid tig‘ini Stanislav Andreevga qarshi qaratdi va futbolchining “Ronalducha turishlari, ayyorona yiqilishlari hamda o‘zini kiborlarcha turishlari”ni eslab o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”