Yosh o‘yinchilar zamonaviy futbolda nafaqat o‘z klubida o‘yinchi almashtirish uchun, balki iqtidorli futbolchilarni topishda ham muhim bo‘lib, ular kelajakda jahon futboli darajasini ham belgilashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Zamin.uz blogi jahon futbolida amalga oshirilgan aqldan ozdiruvchi 11 ta eng qimmat transferlar haqida Sizga mahlum qiladi.
10-11. Gabriel Jezus, 32 mln evro
“Palmeyras” hujumchisining “Manchester Siti” ga transferi ushbu qish mavsumidagi 20 yoshgacha futbolchilar miqiyosida amalga oshirilgan eng qimmat transfer bo‘ldi va butun futbol bozori tarixidagi eng yirik savdolardan biriga aylandi.
Angliya klubi Olimpiada-2016 g‘olibi va Braziliya chempioni uchun 27 mln funt sterling miqdorida (32 mln evro) mablag‘ to‘ladi. Gabriel Jezus o‘zining Evropadagi faoliyatini ajoyib tarzda boshladi. 19 yoshli hujumchi “Manchester Siti” tarkibida 3 uchrashuvda 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xosep Gvardiola braziliyalik yosh hujumchining o‘yinidan hayratga tushganligini yashirmayapti. Jezus uchrashuvlarda chaqqonlik, g‘ayrat-shijoatlilik bilan o‘ynamoqda.
10-11. Oskar, 32 mln evro
Bir necha yil oldin 20 yoshli yarim himoyachi Oskar ham Braziliyadan Angliyaga shu tarzda kelgan edi. 2012 yil yozda “Chelsi” klubi “Internasonal” ga 27 mln funt sterling miqdorida (32 mln evro) mablag‘ to‘lagan edi. O‘tgan 4,5 mavsum davomida Oskar “Chelsi” tarkibida barcha musobaqalarda 203 uchrashuvda maydonga tushdi, 38 ta gol urdi va 37 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U APL chempionligini qo‘lga kiritdi va Evropa ligasi g‘olibligiga erishdi. G‘ururlanishga arziydigan natijalar, lekin londonliklar undan bundanda yuksak natijalarni kutgan edi. Bu yil qishda Oskar uchun Xitoy klubi 60 mln evro taklif qildi, bundan “Chelsi” rahbarlari mamnuniyat bilan foydalanishdi.
8-9. Renata Sanchesh, 35 mln evro
Portugaliyalik yarim himoyachi o‘tgan mavsum kashfiyoti bo‘ldi. Sanchesh “Benfika” tarkibida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi, shuningdek Chempionlar ligasi o‘yinlarida ham qatnashdi, bunga qo‘shimcha milliy terma jamoasi tarkibida Evro-2016 da g‘oliblikni ham qo‘lga kiritdi. “Bavariya” mazkur 18 yoshli brilliantni “bor yo‘g‘i” 35 mln evro to‘lab qo‘lga kiritganligidan juda mamnun, hali Renataning narxi yanada qimmatlashishi mumkin. Nemis klubidagi Sanchesning birinchi mavsumi bir tekis ketmayapti. U tez-tez zahira o‘rindig‘ida qolayapti, maydonga tushganda esa o‘zining foydali jihatlarini ko‘rsata olmayapti. Uning uchun yangi jamoasiga moslashish jarayoni uzoq davom etishi ehtimoli yo‘q emas.
8-9. Nikolya Anelka, 35 mln evro
1999 yilning yozgi transfer bozorida “Real” 20 yoshli fransuzni “Arsenal” dan sotib olgan edi. O‘sha paytda uning transferi 35 mln evroga amalga oshirilgan edi. Nima bo‘lganda ham Anelka o‘zining yoshiga qaraganda ancha qimmat narxda sotilgan edi. U Madridda bor yo‘g‘i 1 mavsumgina qoldi. Hujumchiga gollar kiritish nasib qilmadi. Ispaniya chempionatida Nikolya “Real” ning raqiblari darvozasiga atigi 1 juft gol kiritdi, xolos. Qirollik klubi rahbarlari va muxlislari futbolchilardan natija ko‘rsatishini uzoq kutishga odatlanishmagan. Shu sababli keyingi mavsum oralig‘idayoq “Real” uni “PSJ” klubiga sotib yubordi.
7. Xaver Saviola, 35,9 mln evro
2001 yil 19 yoshli argentinalik «River Pleyt» dan «Barselona» ga Anelkaning madrid klubiga sotilgan narxidan sal qimmatroq summaga transfer qilingan edi. Saviola Kataloniyada 6 yil to‘p surdi, to‘g‘ri shu davrda uni 2 marta ijaraga berishdi. Xaverning “Barselona” da omadli davrlari ham bo‘ldi (u 161 ta uchrashuvda 67 ta gol urdi), shu bilan birga omadsiz davrlari ham. U faoliyatini yanada yorqinroq bo‘lishiga umid qilgan edi. Qiziq, u “Barselona” dan erkin agent sifatida ketgandan so‘ng sobiq klubining ashaddiy raqibi “Real” bilan shartnoma imzoladi. Hozir u oldin o‘zi faoliyat yuritgan joyidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda ishlayapti, ya’ni Andorraning “Ordino” klubiga murabbiylik qilmoqda.
6. Ueyn Runi, 37 mln evro
Yosh Runi o‘zining futboldagi professional faoliyatini “Everton” tarkibida shunday zo‘r boshladiki, «Manchester Yunayted» 2004 yilda mazkur 18 yoshli hujumchi uchun 25 mln funt sterling to‘lashdan qo‘rqmadi. Hayot shuni ko‘rsatdiki, Ueyn haqiqatdan ham o‘ziga ishlatilgan ushbu summaga arzishini, mankuanliklar uchun esa mazkur summa kelajakdagi klub afsonasi uchun sarflanganligini. «Manchester Yunayted» da Runi 5 marta Angliya chempioni bo‘ldi va Chempionlar ligasini yutdi. Yaqinda gol urish bo‘yicha Runi klubining yangi rekordini o‘rnatdi: endi u mankuanliklar tarixida 250 ta gol bilan eng yaxshi to‘purar.
5. Lyuk Shou, 37,5 mln evro
Juda ko‘p mutaxassislar 18 yoshli chap qanot himoyachisi Shouni “Sautgempton” dan 31 mln funt sterling (37.5 mln evroga yaqin) ga sotib olgan “Manchester Yunayted” ni ahmoqona qaror qabul qildi deyishdi. To‘g‘ri, Angliya termasiga nomzod ushbu futbolchi uchun bu summa juda ham katta. Umuman olganda o‘tgan 2,5 yil mobaynida Shou klubning asosiy tarkibida o‘z o‘rniga ega bo‘la olmadi, u jarohatlardan qutula olmayapti. U bor yo‘g‘i 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi, xolos.
4. Lukas Moura, 40 mln evro
«PSJ» braziliyalik 20 yoshli iqtidorli hujumkor yarim himoyachini «San-Paulo» dan 2013 yilda 40 mln evroga sotib olgan edi. Lukasga katta umidlar bildirildi, unga Evropa futboliga va fransuz futboliga moslashishi uchun vaqt kerak edi. Bugungi kunda Braziliya terma jamoasi o‘yinchisi Unai Emeri jamoasida asosiy vazifani bajarmoqda. Uning ijrosida 203 uchrashuvda 40 ta urilgan gol va 43 ta golli uzatma bor. Moura – to‘rt marta Fransiya chempioni. “PSJ” ning unga to‘langan summadan ko‘proq summaga sotish istagi bor.
2-3. Leroy Sane, 50 mln evro
O‘tgan mavsum oralig‘ida “Manchester Siti” 20 yoshli Sane uchun “Shalke” ga 50 mln evro to‘ladi. Tezkor Germaniya terma jamoasi o‘yinchisi Gabriel Jezus bilan birga “Manchester Siti” ning kelajagini tashkil qiluvchi futbolchilardan biriga aylandi. Unga qo‘yilgan talablar juda yuqori. Sane hali yangi jamoasiga va Angliya futboliga moslashish jarayonini boshidan kechirmoqda. U barcha musobaqalarda 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
2-3. Antoni Marsyal, 50 mln evro
Manchesterdagi eng qimmat yosh futbolchi. 2015 yil yozida 20 yoshli o‘yinchi uchun “Monako” ga “MYu” 50 mln evro to‘ladi. Fransiyalik hujumchi uchun Angliyadagi o‘tgan birinchi mavsum juda ham omadli kechdi: Marsyal Premer ligada 31 ta uchrashuvda 11 ta gol urdi, Chempionlar ligasida esa 3 ta gol. O‘tgan mavsumda Joze Mourino rahbarligida u har doim ham asosiy tarkibga kiritilmadi, shu sababli yozda u boshqa klubda faoliyatini davom ettirishi mumkin ijara asosida. Lekin, Mourino Antoniga ishonishini aytayapti.
1. Raxim Sterling, 62,5 mln evro
2015 yilda “yoshlar transferi” bo‘yicha “Manchester Siti” jahon rekordini o‘rnatdi. O‘sha paytda bu klub “Liverpul” dan 20 yoshli Raxim Sterlingni 44 mln funt sterling evaziga sotib olgan edi. Hozirgi kunda uning narxi qimmatlashib 53 mln funt sterlingni tashkil qiladi. Endi rivojlanayotgan futbolchi uchun aqldan ozdiradigan darajadagi pul to‘landi. Birinchi mavsumda Raxim APL da 31 uchrashuvda 6 ta va Chempionlar ligasida 3 ta gol urdi. O‘tgan mavsumni u juda yaxshi boshladi, lekin qishga kelib biroz o‘yinlari qovushmayapti. Lekin Gvardiola Angliya terma jamoasining qimmat o‘yinchisiga bosim o‘tkazmayapti, uni klubning asosiy o‘yinchisi deb qarayapti. Shuningdek, Sterling tajriba to‘plab barqarorlikka erishishini va haqiqiy yulduzga aylanishini aytayapti. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Singapurda jahon shaxmat toji uchun bahs boshlandi
"Yirtqich" ovga chiqdi...
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi