
Myunxenning «Bavariya» klubi safida to'p surayotgan Leon Goretska faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin — londondagi «Arsenal» varianti jiddiy muhokama qilinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
30 yoshli yarim himoyachining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi olti oy ichida yakunlanadi. Shu holat transfer bozorida unga bo'lgan qiziqishni yanada oshirdi. Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko'ra, Goretskaning vakillari «Arsenal» bilan bog'langan. Futbolchi uchun kurashda «Tottenhem» va «Manchester Yunayted» ham tilga olinmoqda. Yanvarda transfer bo'lishi ehtimoldan xoli emas, biroq yozdagi o'tish ko'proq real variant sifatida ko'rilmoqda.
Avvalroq Goretskaga «Yuventus», «Napoli», Madridning «Atletiko»si, shuningdek «Galatasaroy» va «Fenerbahche» ham qiziqish bildirgani aytilgandi. Transfermarkt portalida germaniyalik futbolchining bahosi 15 million yevroga teng.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.