
Madridning «Real» klubida bosh murabbiy Xabi Alonso «Kastilya»ning iqtidorli hujumkor yarim himoyachisi Sesar Palasiosga ko‘proq ishonch bildirish kerak, degan fikr kuchaymoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
21 yoshli futbolchi hozircha birinchi jamoa mashg‘ulotlariga ham chaqirilmagan, uchrashuvlar haqida esa gap ham yo‘q. Diario AS xabariga ko‘ra, klub ichida «Kastilya»ning eng yaxshi to‘purari nega e’tibordan chetda qolayotgani borasida savollar paydo bo‘lgan. Palasiosga La Liga va Bundesligadan qiziqish borligi qayd etilmoqda. «Real»dagilar esa qanotda, hujum ortida va markaziy hujumchi sifatida o‘ynay oladigan universal yosh futbolchi asosiy tarkibga foyda keltirishi mumkinligiga ishonadi.
Sesar Palasios joriy mavsumda «Kastilya» safida 15 o‘yinda 6 ta gol urib, 2 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.