
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau jurnalistning o‘tgan o‘yinning ikkinchi bo‘limida "Byornli" bosimi kuchaygani haqidagi fikriga keskin munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis bu iddaoni rad etib, o‘yin statistikasi buni tasdiqlamasligini aytdi. "Qaysi bosim? Bizgami? Statistikani ko‘rdingizmi? Balki siz boshqa uchrashuvni tomosha qilgandirsiz. Hech qanday kuchli tazyiq bo‘lmadi. Ha, har ikki tomonda vaziyatlar bo‘ldi, ammo jiddiy bosim bo‘lganida men buni tan olgan bo‘lardim", — deya Xau so‘zlarini jurnalist Kit Dauni keltirdi.
Xau "Nyukasl"ning o‘yin davomida bir nechta yechimlari borligini ham ta’kidladi. Shunga qaramay, u odatda vaziyatni zaxira rejalariga o‘tmasdan, avvaldan belgilangan asosiy taktika orqali to‘g‘rilashni afzal ko‘rishini qayd etdi.
Angliya chempionati 19-tur uchrashuvida "Nyukasl" safarda "Byornli"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.