date

Real Madrid jarohatlar ko'payishiga sabab izlamoqda

Real Madrid jarohatlar ko'payishiga sabab izlamoqda

Madridning «Real» klubida futbolchilarning tinimsiz jarohat olishi jiddiy tashvish uyg'otmoqda. Mavsum boshidan buyon jamoada 23 ta jarohat holati qayd etildi va klub buni odatiy ko'rsatkich deb hisoblamayapti. Diario AS xabariga ko'ra, «Real» hozirda shikastlanishlar nega tez-tez takrorlanayotganini aniqlash ustida ishlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub ehtimoliy omillardan biri sifatida Klublar o'rtasidagi jahon chempionatini ko'rmoqda: turnir yozda o'tgani sababli, so'nggi bosqichlargacha yetib borgan jamoalar mavsumoldi tayyorgarligini qisqartirishga majbur bo'lgan. Xuddi shunday muammolar KJCH-2025da qatnashgan «Chelsi», «Manchester Siti» va «PSJ»da ham kuzatilayotgani ta'kidlanmoqda.

Yakshanba kuni Xabi Alonso boshqaruvidagi «Real» La Liganing 19-turi doirasida o'z maydonida «Betis»ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Madrid jarohatlar ko'payishiga sabab izlamoqda