date

Osimxenning vakillari uni Bavariyaga taklif qildi

Osimxenning vakillari uni Bavariyaga taklif qildi

Turkiyaning «Galatasaroy» klubida to‘p surayotgan markaziy hujumchi Viktor Osimxen faoliyatini jahon futbolining eng yirik jamoalaridan birida davom ettirish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Filipp Kessler xabariga ko‘ra, nigeriyalik forvardning vakillari Osimxenni Myunxenning «Bavariya» klubiga tavsiya qilgan. Futbolchining o‘zi «Bavariya»ni ulkan klub deb biladi va Germaniyada o‘zini sinab ko‘rishni xohlaydi.

Biroq nemis grandi sport direktori Maks Eberl bu variantga hozircha ehtiyoj yo‘qligini bildirgan. «Bavariya» Osimxen masalasiga faqat ingliz hujumchisi Garri Keyn jamoani tark etsa, qaytishi mumkin.

Joriy mavsumda 27 yoshli Osimxen barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osimxenning vakillari uni Bavariyaga taklif qildi