date

PSJ Safonov va jarohat olgan futbolchilar holatini ma'lum qildi

PSJ Safonov va jarohat olgan futbolchilar holatini ma'lum qildi

"Pari Sen-Jermen" matbuot xizmati rossiyalik darvozabon Matvey Safonov hamda jamoaning boshqa jarohatlangan futbolchilari ahvoli haqida yangilangan ma'lumot berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o'tamiz, Safonov FIFA Qit'alararo kubogi finalida qo'lini sindirib olgandi. O'sha o'yinda u ketma-ket to'rtta penaltini qaytargan edi.

Klub xabariga ko'ra, chap qo'li singan Safonov hozir maxsus dastur asosida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Li Kan-In mushak muammolari sabab yakka tartibda shug'ullanmoqda. Kenten Njjantu esa o'ng son qismidan jarohat olib, yaqin bir necha hafta maydonga tusha olmaydi. Shuningdek, Martin Jeyms kasalligi tufayli navbatdagi o'yinda jamoaga yordam bera olmaydi va unga bir necha kun dam beriladi.

4-yanvar kuni PSJ Fransiya chempionatining 17-turi doirasida o'z maydonida "Parij"ni qabul qiladi. Uchrashuv 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ Safonov va jarohat olgan futbolchilar holatini ma'lum qildi