date

Atletik Osasunaga qarshi mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Atletik Osasunaga qarshi mag'lubiyatdan qutulib qoldi

La Liganing 18-turi doirasida bo'lib o'tgan “Osasuna” — “Atletik” uchrashuvida mehmonlar biroz ustunroq harakat qildi, biroq o'yin durang bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bahsning ilk xavfli vaziyatini Xon Monkayola yaratdi, ammo darvozabon ajoyib seyv bilan jamoasini qutqardi. 34-daqiqada mezbonlar Ruben Garsiyaning jarima zarbasidan to'g'ridan-to'g'ri yo'llagan aniq zarbasi evaziga hisobni ochdi — 1:0. Oradan ko'p o'tmay Gorka Guruseta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi: darvozabon to'pni burchakka chiqarib yubordi. Mikel Xaurexisar uzoq masofadan zarba berdi, biroq biroz aniqlik yetishmadi. Gurusetaning yana bir urinishini ham posbon qaytardi.

Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Lukas Torroning zarbasi ustunga tegib, maydon tashqarisiga rikoshet bo'lib chiqdi. 72-daqiqada esa “Atletik” o'z so'zini aytdi: Roberto Navarroning uzatmasidan so'ng Guruseta gol urib, hisobni tenglashtirdi — 1:1.

Natijada “Atletik” turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda, “Osasuna” esa 12-o'rinni bir nechta jamoa bilan bo'lishib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Atletik Osasunaga qarshi mag'lubiyatdan qutulib qoldi