Maduэke Arsenal chempionlik poygasidan cho'chimasligi kerakligini aytdi

Londonning «Arsenal» klubi futbolchisi Noni Maduэke jamoaning APLdagi chempionlik kurashiga doir fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shanba kuni Mikel Arteta shogirdlari safarda «Bornmut»ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. «Kanonirlar» 48 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam, keyingi o'rinlarda «Aston Villa» (42) va «Manchester Siti» (41) bormoqda. «Shaharliklar»ning zaxirada bitta o'yini ham bor.
«Chempionlik haqida gaplar baribir bo'ladi. Bu mavzudan qochmasligimiz kerak — bosimni qabul qilamiz. Hozir oldindamiz, raqiblar bizni quvib yetishga majbur, biz esa o'z ishimizni qilishda davom etamiz: o'yinlarni yutish. Rejamiz ham shu», — deya Maduэke so'zlarini jurnalist Konnor Xamm keltirdi.
Eslatib o'tamiz, «Arsenal» Angliya chempioni unvonini oxirgi bor 2004 yilda qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!