date

Bavariya hujumchi Bara Sapoko Ndiayeni ijaraga oldi

Bavariya hujumchi Bara Sapoko Ndiayeni ijaraga oldi

Myunxenning «Bavariya» klubi tarkibini yana bir futbolchi bilan kuchaytirdi. Amaldagi Germaniya chempioni rasmiy sayti jamoaga hujumchi Bara Sapoko Ndiaye qo‘shilganini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

18 yoshli forvard Myunxen klubiga Gambiyadagi «Gambinos Stars Africa» jamoasidan ijara asosida o‘tdi. Ndiaye joriy mavsum oxirigacha «Bavariya» sharafini himoya qiladi.

Bundesligada 15 turdan so‘ng «Bavariya» turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Vensan Kompani boshqaruvidagi jamoa 41 ochko jamg‘argan.

11-yanvar kuni «Bavariya» o‘z maydonida «Volfsburg»ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya hujumchi Bara Sapoko Ndiayeni ijaraga oldi