Garcia Barselona derbisida Espanolni to'xtatib, eng yaxshisi bo'ldi

Garcia Barselona derbisida Espanolni to'xtatib, eng yaxshisi bo'ldi

“Barselona” darvozaboni Joan Garcia shanba kungi shahar derbisida sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushib, hal qiluvchi rol o'ynadi. 24 yoshli posbonning ishonchli o'yini “ko'k-anorranglilar”ga “Espanol” ustidan 2:0 hisobida quruq g'alaba keltirdi va uchrashuv yakunida u eng yaxshi futbolchi sovrinini oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Garcia uchrashuv davomida olti zarbani qaytardi, ularning ayrimlari haqiqatan ham juda xavfli edi. Kengaytirilgan statistikaga ko'ra, uning oldi olingan gollar ko'rsatkichi (xG) 1,7 ni tashkil etdi — bir o'yin uchun juda yuqori natija.

Eslatib o'tamiz, mavsum boshlanishi arafasida Joan Garcia aynan “Espanol”dan “Barselona” safiga o'tgandi. Transfer narxi 25 million yevroga baholangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar