date

Garri Keyn nemis tilida qachon gapira olishini aytdi

Garri Keyn nemis tilida qachon gapira olishini aytdi

“Bavariya” hujumchisi Garri Keyn nemis tilini o‘rganish jarayoni qanday ketayotgani haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Angliyalik forvardning aytishicha, nemis tili unga oson tushmayapti, biroq u haftasiga ikki marta dars olishga harakat qilmoqda. Keyn hozirning o‘zida kiyinish xonasida jamoadoshlar nima haqida gaplashayotganini tobora ko‘proq tushuna boshlaganini ta’kidladi. Uning umidi — mavsum oxiriga borib qisqa suhbatlar qura olish, balki nemis tilida ilk intervyusini ham berish.

Eslatib o‘tamiz, Keyn 2023 yil yozida “Tottenhem”dan “Bavariya”ga 95 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u Myunxen klubi safida 25 o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn nemis tilida qachon gapira olishini aytdi