Ris Jeyms Chelsi o'yin rejasi ish berganini aytdi

Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiy bilan xayrlashganidan keyin og‘ir vaziyatga tushib qolgan bo‘lsa-da, Angliya Premyer-ligasining 20-turida “Manchester Siti” maydonida mag‘lub bo‘lmadi. Uchrashuvdan keyin himoyachi Ris Jeyms natija qanday qo‘lga kiritilgani haqida jurnalistlarga gapirib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jeymsning so‘zlariga ko‘ra, jamoa o‘yinga aniq reja bilan chiqqan. “Bitta xato sabab gol o‘tkazib yubordik, ammo ikkinchi bo‘limda tezlik va bosimni oshirdik. Shunda o‘z imkoniyatimiz paydo bo‘ldi va Enso Fernandes undan unumli foydalandi”, — dedi futbolchi.
Qo‘lga kiritilgan bir ochko “Chelsi”ga turnir jadvalida 5-o‘rinni qaytarib olishga yordam berdi. Klub bu pog‘onani bir necha soat davomida “Manchester Yunayted”ga bo‘shatib qo‘ygandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!