date

Musiola Bavariyada qolishini aytdi va boshqa yo'l izlamadi

Musiola Bavariyada qolishini aytdi va boshqa yo'l izlamadi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumkor yarim himoyachisi Jamal Musiola yangi shartnoma imzolash qarori haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tomonlar 2025 yil fevral oyida besh yillik kelishuvga qo'l qo'ygan, unga ko'ra futbolchi 2030 yilgacha klubda qoladi.

«Men uchun “Bavariya” — oila. Shu sababli shartnomani 2030 yilgacha uzaytirdim. Karyeramning kelgusi yillarini aynan shu yerda o'tkazmoqchiman. Boshqa variantlarni umuman ko'rib chiqmadiim», — deya 22 yoshli futbolchining so'zlarini nemis OAVga tayanib «Gazeta.Ru» keltirdi.

Musiola esa hanuz o'tgan yil iyulida olgan boldir suyagi sinishidan tiklanishda davom etmoqda. Myunxenliklar yulduzining maydonga aniq qachon qaytishi hozircha noma'lum.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Musiola Bavariyada qolishini aytdi va boshqa yo'l izlamadi