date

Bavariya Upamekano bilan shartnoma bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

Bavariya Upamekano bilan shartnoma bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

Myunxenning “Bavariya” klubi sport direktori Kristof Froynd Dayo Upamekano bilan yangi shartnoma yuzasidan vaziyatga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

OAVdagi gap-so'zlarga ko'ra, klub fransuz himoyachisi bilan kelishuv shartlari bo'yicha hozircha to'liq murosaga kela olmagan. Amaldagi bitim muddatining tugashiga olti oy qolgan.

Froyndning ta’kidlashicha, Upamekano so'nggi bir yarim yil ichida, Kompani jamoaga kelganidan beri, yuqori darajada o'yin namoyish etmoqda. “Bunday futbolchi bilan shartnomani uzaytirish biz uchun juda muhim. Muzokaralar yaxshi ketmoqda. U 27 yoshda, bu yil 28 ga to'ladi — futbolchi uchun eng yaxshi davr. Bu uning uchun juda muhim qaror, keyingi uch-to'rt yilni qayerda o'tkazishini belgilab beradi. Yakuniy kelishuv hali yo'q, ammo biz sezilarli oldinga qadam tashladik”, — dedi u Bayern & Germany manbasiga tayanib.

Avvalroq Upamekano “PSJ”, “Liverpul” va Madridning “Real” klublari qiziqish doirasida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Upamekano bilan shartnoma bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda