
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Barselona" jamoasi haqida gapirib o‘tdi va sobiq shogidlarining yonini olib chiqdi.
"Agar biron bir qiyinchilikni engib chiqadigan jamoa bo‘lsa bu - "Barselona"dir. U hamon dunyoning eng kuchli klubi hisoblanadi.
"Barsa" oxirgi 10 yil ichida dunyo futbolida etakchilik qildi. Parijdagi natijadan hayron qoldim, ammo ishoning, hozirgi futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. EChLda barcha raqiblar kuchlidir.
Luis Enrike va uning shogirdlarini bilgan holda shuni aytmoqchimanki, ularni ko‘p ham tanqid qilavermang. Chunki, baribir nohaq ekanligingizni ular isbotlashadi", - deydi Gvardiola.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar