PSJ g'alabasiga qaramay Zabarniy eng past baho oldi

PSJ g'alabasiga qaramay Zabarniy eng past baho oldi

Fransiya chempionatining 17-turida PSJ o'z maydonida “Parij”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdan so'ng Sofascore Luis Enrike jamoasi futbolchilarining o'yiniga baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Statistik platforma reytingiga ko'ra, parijliklar safida eng past ko'rsatkich ukrainalik himoyachi Ilya Zabarniyga tegishli bo'ldi — u 5,9 ball oldi. O'yinda Zabarniy o'z jarima maydonida qoida buzdi va natijada mehmonlar 11 metrlik jarima zarbasidan gol urdi.

23 yoshli futbolchi PSJ safiga 2025 yil yozida kelib qo'shilgan. U poytaxt klubi bilan 2029/2030 yilgi mavsum yakunigacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar