date

Strasburg Rosenyorga o'rinbosar sifatida Gari O'Nillni ko'zlamoqda

Strasburg Rosenyorga o'rinbosar sifatida Gari O'Nillni ko'zlamoqda

Angliyalik mutaxassis Gari O’Nill yaqin orada Fransiya chempionatida ish boshlashi mumkin. The Athletic manbasi shu haqda xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Nashr ma’lumotiga ko’ra, 42 yoshli murabbiy bilan shartnoma imzolash masalasida fransuzning «Strasburg» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Tomonlar allaqachon dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan.

Bundan avval «Strasburg»ning amaldagi bosh murabbiyi Layam Rosenyor Londonning «Chelsi» klubiga tayinlanishga yaqin ekani aytilgandi.

Liga 1da 17 turdan so’ng «Strasburg» 24 ochko jamg’argan va turnir jadvalida 7-o’rinda bormoqda. Jamoa 6-pog’onadagi «Renn»dan 6 ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Strasburg Rosenyorga o'rinbosar sifatida Gari O'Nillni ko'zlamoqda