Kapello JCh-2026 favoriti haqida aniq nom aytmadi

Mashhur murabbiy Fabio Kapello 2026 yilgi jahon chempionatida qaysi terma jamoa g'olib chiqish imkoniyati yuqori ekani haqidagi savolga javob berdi. Italiyalik mutaxassis bitta favoritni ajratib ko'rsatmay, bir nechta jamoani sanab o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kapelloning aytishicha, unga Ispaniya terma jamoasining o'yini juda yoqadi. Fransiya esa har doimgidek kuchli: tarkibda Mbappe bor, bundan tashqari yana ko'plab yuqori saviyadagi futbolchilar mavjud. Shuningdek, u hozir juda yaxshi natija ko'rsatayotgan Angliya terma jamoasini ham favoritlar qatorida tilga oldi. Braziliya haqida esa Kapello Karlo Anchelotti bilan qanday natija chiqishini vaqt ko'rsatishini qayd etdi, deya yozadi Marca.
Hozirgi amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2026 yil yozida o‘tadigan mundialga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!