Matteo Genduzi Fenerbahche bilan 2030 yilgacha kelishdi

Matteo Genduzi Fenerbahche bilan 2030 yilgacha kelishdi

Latsio” yarim himoyachisi Matteo Genduzi Turkiya chempionatiga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, fransuz futbolchi faoliyatini “Fenerbahche”da davom ettiradi. Genduzi turk klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan: bitim 2030 yilgacha mo‘ljallangan, mavsumiga 4 million yevro maosh (bonuslar bilan) oladi. Hozir “Fenerbahche” transferni yakunlash uchun “Latsio” bilan muzokaralarni faol olib bormoqda.

Genduzi 2024 yil yozida “Marsel”dan “Latsio”ga 13 million yevroga o‘tgandi. Uning Rim klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha. Joriy mavsumda yarim himoyachi 16 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchini 28 million yevroga baholamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar