Kuvayt davlatida 13-14 may kunlari o‘tkazilgan Osiyo chempionatida Olimpiada o‘yinlarining kumush medal sovrindori, Jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori Abdulla Tangrievning g‘alabasi sharafiga O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi.

Og‘irlik vazni 100 kg.dan yuqori bo‘lgan polvonlar bellashuvida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Abdulla Tangriev nimchorak finalda hindistonlik Udayvir Sinhni, chorak finalda yaponiyalik Kenta Nishigatani, yarimfinalda mo‘g‘ulistonlik Temyulen Battulgani mag‘lub etib, hal qiluvchi final bellashuvida qirg‘izistonlik Yuriy Krakoveskiydan ustun keldi, deb yozadi Kun.uz.
Ushbu qit’a chempionatida terma jamoamiz a’zolaridan, shuningdek, Gulnoza Matniyozova (-70 kg) va Sharofiddin Boltaboyev (-73 kg) kumush, Sharofiddin Lutfullaev (-60 kg) hamda Sherali Jo‘raev bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Osiyo chempionatida ishtirok etgan qolgan hamyurtlarimiz Rishod Sobirov (-66 kg), Yahyo Imomov (81 kg) va Ramziddin Saidov (-100 kg) beshinchi, Dildora Ubaydullaeva (-52 kg) ettinchi o‘rinlarni egallashdi.
Shu tariqa, 1 ta oltin, 2ta kumush va 2ta bronza medaliga ega bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya, J.Koreya, Mo‘g‘uliston va Xitoy davlatlaridan keyin 5-o‘rinni egalladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar