Bavariya Upamekano bilan shartnomani uzaytirishga ishonmoqda

Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachi Dayo Upamekano bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Futbolchining amaldagi kelishuvi joriy mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko'ra, klub rahbariyati muzokaralar ijobiy yakun topishiga ishonch bildirmoqda. «Bavariya» yangi bitim yaqin vaqt ichida imzolanishini kutmoqda.
Qayd etilishicha, yangilanadigan shartnomada katta ehtimol bilan tovon puli (otstupnoy) bandi ham ko'zda tutiladi.
Upamekano joriy Bundesligada 12 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol muallifi bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing