Upamekano Bavariya bilan yangi shartnoma imzolash arafasida

Myunxenning «Bavariya» klubida to'p surayotgan markaziy himoyachi Dayo Upamekano jamoa bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga juda yaqin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Tobi Altsheffl bergan ma'lumotga ko'ra, tomonlar bitim tafsilotlarini yakunlash arafasida. Yangi kelishuvga 65 mln yevrolik tovon puli bandi kiritilishi kutilmoqda va bu band 2027 yil yozidan kuchga kiradi. Avvalroq ushbu klausu'la aynan 27 yoshli futbolchining o'zi turib olgani aytilgandi.
Upamekanoning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunlangach tugaydi. Fransuz himoyachi myunxenliklar safida jami 173 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 10 ta assist qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing