Vest Hem hujumchisi Kallum Uilson klubni tekinga tark etadi

33 yoshli markaziy hujumchi Kallum Uilson «Vest Hem»ni erkin agent sifatida tark etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Pit O'Rurk xabariga ko'ra, tomonlar mehnat shartnomasini muddatidan avval bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishgan. Uilson o'tgan yil avgustida «molotboychilar» safiga tekinga qo'shilgandi. Shu vaqtdan beri u 16 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.
Uilson faoliyati davomida faqat Angliya klublarida to'p tepgan. «Vest Hem»ga kelishidan avval u «Nyukasl», «Bornmut», «Koventri» va boshqa jamoalarda o'ynagan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining bozor bahosi 5 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing