date

Gari O'Nil Strasburg bosh murabbiyligiga rozi bo'ldi

Gari O'Nil Strasburg bosh murabbiyligiga rozi bo'ldi

Avvalroq «Bornmut» va «Vulverhempton»da ishlagan ingliz mutaxassisi Gari O'Nil faoliyatini fransuz chempionatida davom ettirishga yaqin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

BBC Sport jurnalistlari xabariga ko'ra, 42 yoshli murabbiy «Strasburg»ni boshqarishga rozilik berdi. U jamoani Londonning «Chelsi» klubiga ishga o'tgan Liam Rosenyordan qabul qilib oladi.

Fransiya Ligue 1'ning 17-turidan so'ng «Strasburg» 24 ochko jamg'argan va turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda. Jamoa chempionatdagi navbatdagi uchrashuvini o'z maydonida «Mets»ga qarshi o'tkazadi. O'yin yakshanba, 18-yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gari O'Nil Strasburg bosh murabbiyligiga rozi bo'ldi