Sennikov rossiyaliklar 2026 yilda qaytishiga shubha bildirdi

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Dmitriy Sennikov 2026 yilda rossiyalik klublar va terma jamoaning xalqaro maydonga qaytishi borasida ehtiyotkor fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning ta’kidlashicha, yaqin vaqt ichida vaziyat keskin o‘zgarishini kutish qiyin. Sennikov muhim qarorlar 2026 yilgi jahon chempionati yakuniga qadar cho‘zilishi mumkinligini ham qayd etdi.
«Jahon chempionati o‘tmaguncha hech narsa hal bo‘lmaydi. Balki undan keyin nimadir o‘zgarar. Ammo 2026 yilda bizni musobaqalarga qaytarishlariga ishonish qiyin. Bu yil ham chetdan turib kuzatamiz», — deya Sennikovning so‘zlarini keltiradi «Sovetskiy sport».
Rossiya terma jamoasi va mamlakat klublari qariyb to‘rt yildan beri xalqaro turnirlardan chetlatilgan. Shu davr mobaynida milliy jamoa faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!