Gari O'Nil Rosenyordan keyin Strasburgni boshqaradi

Fransiya chempionatida yana bir yangi tayinlov: britaniyalik mutaxassis Gari O'Nil «Strasburg» bosh murabbiyi etib ish boshladi. Klub matbuot xizmati 42 yoshli murabbiyning kelganini rasman e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'Nil Angliya Premyer-ligasidagi faoliyati bilan tanilgan — u avval «Bornmut» va «Vulverhempton»da ishlagan.
Yangi bosh murabbiy jamoa bilan ilk mashg'ulotini 8-yanvar, payshanba kuni o'tkazadi. Uning «Strasburg»dagi ilk rasmiy o'yini esa 10-yanvar, shanba kuni Fransiya kubogi doirasida bo'lib o'tadi.
Hozirda «Strasburg» Liga 1 jadvalida 24 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing