Bavariya bosh direktori Keynning kelajagi haqida fikr bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh direktori Yan-Kristian Drizen hujumchi Garri Keynning kelajagi borasidagi gaplarga munosabat bildirdi. Avvalroq angliyalik futbolchi nemis grandi bilan shartnomasini uzaytirish ehtimolini inkor etmagandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Drizen Keynning bu bayonotidan xursandligini yashirmadi: uning ta’kidlashicha, forvard nafaqat gollari, balki o‘yin uslubi va yetakchilik fazilatlari bilan ham jamoa uchun juda muhim. Klub rahbari barcha masalalar tegishli vaqtda muhokama qilinishini, jarayonga ham, Keynning o‘ziga ham ishonch yuqoriligini qayd etdi.
Garri Keyn 2023 yil yozidan beri «Bavariya» safida to‘p surmoqda. Shu vaqt ichida u myunxenliklar tarkibida 121 o‘yinda maydonga tushib, 115 ta gol urdi va jamoadoshlariga 29 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!