
«Lokomotiv» bu mavsum Osiyo chempionlar ligasidagi dastlabki uchrashuvni safarda «Al Taavon»ga qarshi bahs bilan boshlaydi. Jamoa a’zolari bugun charter reys orqali Saudiya Arabistonining Burayda shahriga etib borishdi va «Movenpick» mehmonxonasiga joylashishdi.
«Lokomotiv» manzilga 20 nafar futbolchi bilan tashrif buyurdi. Jamoa bugun, 19 fevral kuni o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazadi. Shuningdek, bugun har ikkala klub vakillari hamda uchrashuv rasmiy ishtirokida miting va murabbiy – futbolchilar ishtirokida o‘yindan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, “Al Taavon” – “Lokomotiv” bahsi 20 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:40 da boshlanadi.
«Lokomotiv»ning Saudiya Arabistoniga kelgan tarkibi:
Darvozabonlar:
1.Ignatiy Nesterov
12.Ma’mur Ikromov
Himoyachilar:
4.Boburbek Yo‘ldoshev
17.Salim Mustafoyev
20.Islom To‘xtaxo‘jaev
28.Shuhrat Muhammadiev
37.Sherzod Fayziev
42.Muhammad Kone
Yarim himoyachilar:
5.Kaxi Maxaradze
8.Salamat Qutiboyev
11.Sadriddin Abdullaev
15.Sardor Mirzaev
18.Timur Kapadze
29.Quvondiq Ro‘ziev
33.Oleg Zoteev
77.Diyorjon Turopov
99.Jaloliddin Masharipov
Hujumchilar:
7.N’ore Krizo
10.Marat Bikmaev
22.Murodbek Bobojonov
Manba: www.lokomotiv.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar