Inigo Martines Jerar Martinning o'yinidan xursand ekanini aytdi

Barselonadagi sobiq futbolchi Inigo Martines jamoada birga o'ynagan Jerar Martinning hozirgi muvaffaqiyatlarini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
23 yoshli futbolchi bu mavsum o'ziga xos bo'lmagan rol — markaziy himoyada maydonga tushib, o'zini yaxshi tomondan ko'rsatayotgani ta'kidlanmoqda.
«Jerar Maldini! U menga juda yoqadi, u uchun juda xursandman. U tinmay mehnat qildi va hammasiga o'zi erishdi. Hozir esa uni hech kim zaxiraga o'tqaza olmaydi. Ko'p narsani o'rgandi, katta ishtiyoq bilan o'ynayapti. U uchun juda xursandman», — deya Martinesning so'zlarini Barca Universal keltiradi. Hozirda u Saudiya Arabistonida «Al-Nasr» safida to'p surmoqda.
11 yanvar kuni «Barselona» Ispaniya Superkubogi finalida Madridning «Real» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!