Shevalye Safonov bilan raqobat haqida fikr bildirdi

PSJ darvozaboni Lyuka Shevalye Fransiya Superkubogidagi g‘alabadan keyin rossiyalik posbon Matvey Safonov bilan jamoa ichidagi raqobat mavzusiga to‘xtaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shevalye Footmercato nashriga bergan izohida PSJga kelgach eng yaxshi o‘yinini o‘tkazganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, ayrim epizodlarda yanada yaxshiroq harakat qilish mumkin edi va u bu ustida ishlaydi. Darvozabon jamoaga nima maqsadda kelganini bilishini, taslim bo‘lmasligini hamda har bir uchrashuvda maksimal darajada o‘zini ko‘rsatishga intilishini qo‘shimcha qildi.
PSJ va “Marsel” o‘rtasidagi bahs 2:2 hisobida yakunlandi. O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida parijliklar 4:1 hisobida ustun keldi, Shevalye esa ikki zarbani qaytardi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing