date

Ilya Abayev PSJ darvozabonlaridan Safonovni ustun ko‘rdi

Ilya Abayev PSJ darvozabonlaridan Safonovni ustun ko‘rdi

«Anji» va «Lokomotiv»dagi o‘yinlari bilan tanilgan sobiq darvozabon Ilya Abayev PSJning darvozabonlar rotatsiyasi haqida fikr bildirdi. Joriy mavsumda ko‘proq uchrashuvlarda fransuz Luka Shevalye maydonga tushdi, rossiyalik Matvey Safonov esa uzoq vaqt zaxirada qoldi va bir necha o‘yindan keyin jarohat oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Abayevning aytishicha, u bu ikki darvozabon orasida Safonovni tanlaydi: Matvey hech jihatdan raqibidan qolishmaydi va asosiy tarkib uchun kurash hali oldinda. Shuningdek, sobiq posbon Safonov baribir o‘z o‘rnini qayta isbotlashi kerakligini, jarohatdan keyin darhol maydonga tushishi kafolatlanmaganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Safonov 17 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan FIFA Qit’alararo kubogi finalida 4 ta penaltini qaytargan, o‘sha o‘yinda qo‘lidan jarohat ham olgan. Shevalye esa 8 yanvar kuni Fransiya Superkubogi bahsida 2 ta penaltini qaytargan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ilya Abayev PSJ darvozabonlaridan Safonovni ustun ko‘rdi