date

Gvardiola Donnarummani yana Ederson bilan solishtirdi

Gvardiola Donnarummani yana Ederson bilan solishtirdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola darvozabon Janluiji Donnarummaning kuchli jihatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Italiyalik posbon odatda chiziqda ishonchli o‘yini bilan e’tirof etiladi, biroq ko‘pchilik uni oyoqda unchalik mohir emas, deb hisoblaydi. Gvardiola esa bu qarash to‘liq haqiqatga yaqin emasligini ta’kidladi.

«Donnarumma qisqa paslarda tempni juda yaxshi ushlab turadi. Unda Edersondagidek uzun uzatmalar repertuari u qadar ko‘p emas, lekin bu borada Ederson bilan hech bir darvozabon tenglasha olmaydi. Jidjo vaziyatlarda sokin, hujumlarni qisqa paslar orqali zo‘r boshlaydi va to‘g‘ri qarorlar qabul qiladi. U odamlar o‘ylaganidan ancha, ancha kuchli», — deya Gvardiolaning so‘zlarini City Report keltirdi.

Janluiji Donnarumma sentabr boshida «PSJ»dan «Manchester Siti» safiga ko‘chib o‘tgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Donnarummani yana Ederson bilan solishtirdi