date

Bavariya Serj Gnabrining shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda

Bavariya Serj Gnabrining shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Serj Gnabri jamoa bilan yangi shartnoma imzolash arafasida turibdi. Bu borada insayder ma’lumotlariga ega jurnalist Kristian Falk ham futbolchi klubda qolishini kutayotganini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Falk o‘z saytida Gnabrining «Bavariya» bilan kelishuvni uzaytirishi ehtimoli juda yuqoriligini yozdi. Uning ta’kidlashicha, tomonlar yangi bitim bo‘yicha yakuniy kelishuvga yaqin.

Avvalroq OAVda Gnabrining yangi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Hozirgi kelishuv esa kelasi yozda yakuniga yetadi.

«Bavariya» ayni paytda Bundesligada ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda: myunxenliklar ikkinchi o‘rindagi Dortmundning «Borussiya»sini to‘qqiz ochko ortda qoldirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Serj Gnabrining shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda