date

Bavariya Keyn bilan yangi shartnoma borasida ishonchini oshirdi

Bavariya Keyn bilan yangi shartnoma borasida ishonchini oshirdi

Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchi Garri Keyn bilan shartnomani uzaytirish masalasida tobora ko‘proq ishonch bildirayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mashhur jurnalist Kristian Falkning yozishicha, klub rahbariyati Keyn yaqin kelajakda yangi bitimga imzo chekishiga ko‘proq amin bo‘lib bormoqda.

Avvalroq futbolchining o‘zi ham “Bavariya”dagi kelajagi borasida ijobiy ishoralar berib, amaldagi kelishuvni uzaytirish ehtimolini istisno qilmagan edi.

32 yoshli angliyalik bu mavsum juda sermahsul o‘ynamoqda: u barcha musobaqalarda 25 uchrashuvda 30 ta gol urdi. Keynning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan.

“Bavariya”ning navbatdagi o‘yini 11-yanvar, yakshanba kuni “Volfsburg”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Keyn bilan yangi shartnoma borasida ishonchini oshirdi