Tarik Muharemovich Manchester Yunayted safiga o'tishi mumkin

A Seriyada “Sassuolo” sharafini himoya qilayotgan bosniyalik himoyachi Tarik Muharemovich Yevropaning ikki grand klubi e’tiboriga tushdi. Bu haqda Gazzetta dello Sport jurnalistlari xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, futbolchini tarkibiga qo‘shib olish istagini Milan “Inter”i hamda “Manchester Yunayted” bildirgan. “Sassuolo” esa qishda himoyachini qo‘yib yuborishni xohlamayapti: italiyaliklar 22 yoshli bosniyalik futbolchini kamida yozgacha saqlab qolmoqchi, shundan so‘ng uning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Joriy mavsumda Muharemovich 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma bilan hisobiga hissa qo‘shgan. Futbolchining transfer bahosi 14 million yevroga teng, amaldagi shartnomasi esa 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!