date

APL klubi Vinisius Juniorni transfer qilmoqchi

APL klubi Vinisius Juniorni transfer qilmoqchi

Madridning “Real” klubida to‘p surayotgan hujumchi Vinisius Junior faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fichajes xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Real” esa futbolchini faqat taxminan 150 million yevro atrofidagi taklif bo‘lsa, sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.

Vinisius 2018 yilda “Flamengo”dan 45 million yevro evaziga Madrid klubiga ko‘chib o‘tgan. Uning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u “Real” safida 26 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 8 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali Vinisiusning bozor qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » APL klubi Vinisius Juniorni transfer qilmoqchi