date

Reshford Real ustidan g'alabadan so'ng ilk sovrinini nishonladi

Reshford Real ustidan g'alabadan so'ng ilk sovrinini nishonladi

“Barselona” vingeri Markus Reshford Ispaniya Superkubogi finalida “Real” ustidan 3:2 hisobidagi g‘alabadan keyin jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Angliyalik futbolchi 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, o‘yinda dubl qayd etgan va uchrashuv qahramoniga aylangan Rafin'yani almashtirdi.

“Juda xursandman. Bu — “Barselona” safidagi birinchi sovrinim, ilk g‘alaba esa har doim eng yoqimlisi bo‘ladi. Umid qilamanki, bu mavsum yana bir nechta kuboklarni qo‘lga kiritamiz”, — dedi 28 yoshli futbolchi.

Reshford jamoa o‘z imkoniyatini to‘liq ko‘rsatganini ta’kidlab, navbatdagi uchrashuvda ham g‘alaba uchun bor kuchini berishini aytdi. “Hozir esa shu lahzadan rohatlanish kerak”, — deya uning so‘zlarini keltiradi “Gazeta.Ru”.

Ma’lumot uchun, Markus Reshford “Manchester Yunayted”dan joriy mavsum oxirigacha “Barselona”ga ijaraga olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Reshford Real ustidan g'alabadan so'ng ilk sovrinini nishonladi