Yuventus Manchester Yunayted himoyachisi Mazraui bilan qiziqmoqda

«Manchester Yunayted»ning o‘ng qanot himoyachisi Nussair Mazraui yana bir bor Turinning «Yuventus» klubi e’tibor markaziga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Marokashlik futbolchini «byankoneri» safiga olib kelish haqidagi gap-so‘zlar o‘tgan yil yozida ham ko‘tarilgandi. «Gazeta.Ru» Gazzetta dello Sport’ga tayanib xabar berishicha, «keksa sinyora» Mazraui nomzodini yana kuzatmoqda. 28 yoshli himoyachi esa 2026 yilgi jahon chempionati arafasida «Manchester Yunayted»dagi kelajagi haqida jiddiy o‘ylab, klubini o‘zgartirish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Transfermarkt portalida Mazraui 22 mln yevroga baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, yana bir yilga uzaytirish opsiyasi ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing