Mostovoy Mbappe harakatiga baho berib, fikr bildirdi

Rossiya terma jamoasi hamda Moskvaning «Spartak» klubi sobiq futbolchisi Aleksandr Mostovoy Ispaniya Superkubogi finalidan keyin «Real» hujumchisi Kilian Mbappening xatti-harakatiga munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, fransuz futbolchi madridliklarning «Barselona» uchun chempionlik yo‘lagini tashkil etishiga to‘sqinlik qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mostovoy bu vaziyat bo‘yicha keskin hukm chiqarmadi. «Bu ularning qarori: qanday xohlashsa, shunday qilishadi. Bu yerda ortiqcha gapning keragi yo‘q — har kimning o‘z boshi bor», — deya futbol eksperti so‘zlarini «Match TV» keltirdi.
«Real» — «Barselona» uchrashuvi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tdi. O‘yin 3:2 hisobida kataloniyaliklar foydasiga yakunlandi va «sine-granatoviylar» ushbu sovrinni 16-marta qo‘lga kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!